Hayratlanarli! Moskva «Dinamo» sport direktori Jelko Buvach klub bilan 2029-yilgacha shartnomani uzaytirgani haqida izoh berdi. «Men «Dinamo»da olti yil. Men dinamovchiman! Kelajakda katta taraqqiyotga erishishimizga ishonaman. Yangi shartnoma imzolashimga sabab shu!» — dedi u.
«Eng muhimi, biz g’alaba qozondik! Bu oson o’yin emasdi, chunki «Sochi» so’nggi uchta o’yinni yutgandi. O’yin qiyin kechdi, ammo biz aqliy va texnik jihatdan a’lo edik! Hozir bizda ajoyib futbolchilar bor! Eng muhimi, ular biz bilan qolishadi!» — deya ta’kidladi Buvach klub matbuotiga bergan intervyusida. Darvoqe, «Dinamo» Rossiya chempionatining 27-turida «Sochi»ni 2:0 hisobida mag’lub etdi. Bu ajoyib natija!
⚽ Futbol24UZ — barcha yangiliklar!






