⚽ Futbol24UZ — barcha yangiliklar!
Hayajonli 2026-yilgi jahon chempionati yarim final bahslari nihoyasiga yetdi! Ispaniya terma jamoasi Fransiyani 2:0 hisobida mag’lub etib, g’oliblikni nishonladi! Argentina esa Angliyani 2:1 hisobida yengib, ajoyib o’yin ko’rsatdi! Shu tariqa, 2026-yilgi jahon chempionati finalida Ispaniya va Argentina terma jamoalari kuch sinashadi! Ushbu tarixiy o’yin 19-iyul yakshanba kuni AQSHning Nyu-Jersi shtatidagi «Metlayf» stadionida bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv Moskva vaqti bilan soat 22:00 da boshlanadi! Uchinchi o‘rin uchun bahsda Fransiya va Angliya terma jamoalari maydonga tushadi. Bronza uchun o‘yin 18-iyuldan 19-iyulga o‘tar kechasi bo‘lib o‘tadi. Amaldagi jahon chempioni, unutmaylik, Argentina terma jamoasi hisoblanadi. Ular 2022-yil Qatardagi finalda Fransiyani 3:3, penaltilar seriyasida 4:2 bilan mag’lub etgandi!







