⚽ Futbol24UZ — barcha yangiliklar!
UEFA Janni Infantinoning Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) prezidentligi lavozimidan iste’fosiga intilmoqda! Agar u ixtiyoriy iste’foga chiqmasa, UEFAning barcha 55 a’zo davlati shveytsariyalikning iste’fosi uchun ishonchsizlik votumi beradi. 43 a’zo davlatli Ittifoq ham bunday votumni boshlashi mumkin. Bu haqda The Telegraph xabar bermoqda.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, UEFAda Infantinoni obro‘sizlantirish rejasi ham bor – loyihani shveytsariyalikning o‘zi ishlab chiqqan! Zepp Blatterning korrupsiya mojarosi chog’ida Infantino yashirincha UEFAni FIFAdan uzoqlashtirish va muqobil jahon futbol tashkiloti tuzish rejasini ishlab chiqqan! (U 2016-yilgacha UEFAda ishlagan.) Reja rasman taqdim etilmagandi. Ammo endi UEFA xuddi shu choralarni Infantinoning o‘ziga nisbatan qo‘llash imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda – bu sensatsiya!
1-avgust, shanba kuni, FIFA jahon chempionati va boshqa turnirlar huquqlarining bir qismini xususiy investorlarga sotish loyihasini ishlab chiqqanidan so‘ng, UEFA FIFA rahbariyatiga nisbatan ochiqdan-ochiq ishonchsizlik bildirdi!
E’tibor bering: Infantino Ispaniya terma jamoasiga qimmatbaho uzuklar topshirdi:







