⚽ Futbol24UZ — barcha yangiliklar!
Ajoyib transfer! Braziliyalik hujumchi Hulk «Atletiko Mineyro»ni tark etib, «Fluminense»ga o’tadi. Bu sensatsion xabar ESPN Braziliya nashrida e’lon qilindi. Manbaga ko‘ra, 39 yoshli sobiq «Zenit» hujumchisi yaqin orada tibbiy ko‘rikdan o‘tib, yangi klubi bilan shartnoma tuzadi. Hulkning «Fluminense» bilan shartnomasi 2028-yil yozigacha yoki o‘sha yil oxirigacha mo‘ljallangan. Hayratlanarlisi, «Fluminense» transfer uchun pul to‘lamaydi! Hulk Rossiya Premyer-ligasida 2012-2016-yillarda o‘ynagan. Joriy mavsumda u 22 o‘yinda 5 gol va 3 golli uzatmani amalga oshirgan.







