Gordon: «Bu jamoaga umrimning oxirigacha muxlislik qilaman!»

Gordon: "Bu jamoaga umrimning oxirigacha muxlislik qilaman!" Yangiliklar
Gordon: "Bu jamoaga umrimning oxirigacha muxlislik qilaman!" — Ajoyib! Angliya terma jamoasi hujumchisi Entoni Gordon "Nyukasl Yunayted"dan "Barselona"g...

Ajoyib! Angliya terma jamoasi hujumchisi Entoni Gordon «Nyukasl Yunayted»dan «Barselona»ga transferi haqida shunday dedi:

«Men «Nyukasl»ga juda ko’p narsadan qarzdorman. Bu yerga kelganimda, futbol va oddiy hayotda biroz adashgandim. Ammo klub menga jamoa ruhini berdi, shaxsiyatimni shakllantirdi. U menga istagan ishni qilish, katta sahnaga chiqish va shu sharafli futbolka uchun o’ynash imkonini berdi!

«Nyukasl Yunayted»ga kelganimdan beri maydonda ancha yaxshilandim. Lekin klub uch yarim yil davomida shaxs sifatida ham katta rol o’ynadi. Bu yerdan yuksak notada ketish juda muhim edi, chunki «Nyukasl Yunayted»dagi har bir daqiqadan chinakamiga zavqlandim! Bu klub shunchaki g’aroyib, uni aslo unutmayman! Umrimning oxirigacha bu jamoaga muxlislik qilaman!» — deya Gordonning so’zlarini «qarg’alar»ning rasmiy sayti keltirmoqda.

Оцените статью
⚽ LIVE
Brazil17:00Japan
Germany20:30Paraguay
Brazil17:00Japan
Germany20:30Paraguay