⚽ Futbol24UZ — barcha yangiliklar!
Rossiyalik sharhlovchi Konstantin Genich Yaponiya termasining JCH-2026 birinchi turida Niderlandiya bilan o’yinini (2:2) baholadi. «Yaponlar to‘p bilan qanday go‘zal, yumshoq va aniq ishlashdi! Shunchaki zo’r!» — deb yozdi Genich o‘zining Telegram kanalida. Yaponlar ikkinchi bo‘limda ikkita gol urishdi. Niderlandiya termasi 2-turda Shvetsiya (20-iyun) bilan, 3-turda Tunis (26-iyun) bilan uchrashadi. Yaponiya 2-turda Tunis (21-iyun) bilan, 3-turda Shvetsiya (26-iyun) bilan o’ynaydi. JCH-2026 AQSh, Kanada, Meksikada 11-iyundan 19-iyulgacha o’tadi. Amaldagi chempion — Argentina.







