⚽ Futbol24UZ — barcha yangiliklar!
Moskva «Lokomotiv»i bosh murabbiyi Mixail Galaktionov, shveysariyalik Fabio Chelestini klubdan ketgach, CSKA bilan muzokaralari haqidagi mish-mishlarga nihoyat oydinlik kiritdi! Unga shunday savol berildi: «Mavsum oxirida CSKAga o’tishingiz, boshqa klublar qiziqishi haqida xabarlar tarqaldi. Klubdan ketish haqida o’yladingizmi, boshqa klubdan taklif bo’lganmidi?» Galaktionovning aniq javobi: «Hech taklif bo’lmagan. Hech kim bilan aloqa ham bo’lmadi. Bu haqda matbuot xizmati bilan gaplashdim.» Uning ta’kidlashicha: «OAVdagi mish-mishlarga asoslangan, bir tomonlama ekspert fikrlari meni ranjitadi. Ikkinchi tomonni so’ramaydilar-ku! Bu nima uchun qilinadi, degan savol tug’iladi!» — deya «RB Sport» Galaktionovning ushbu hayratlanarli so’zlarini keltirmoqda.







