⚽ Futbol24UZ — barcha yangiliklar!
Moskva «Spartak»ining sport direktori Frensis Kagigao sanksiyalar sharoitidagi ish faoliyati haqida gapirib berdi. Bu haqiqiy sensatsiya!
«Meni oldinda juda uzoq yoz kutmoqda. Ha, mening fikrimcha, bu bema’ni sanksiyalar bor, ammo siyosatga qarshi hech narsa qila olmaymiz. Ular sabab ayrim mamlakatlardan futbolchi ololmaymiz, lekin bor kuchimizni ishga solamiz. Qoyilmaqom! Haqiqat shuki, bu maqsadlar ustida bir necha oydan beri ishlayapmiz. Oson emas, ammo albatta erishamiz!
Futbolchini hozir Rossiyaga borishga qanday ishontirish mumkin? Ko’p gaplashib, ishtiyoq ko’rsatib, albatta! Hozirgi tarkibda dastlab ikkilangan futbolchilar bor edi. Ammo siz qat’iyat ko’rsatib, ularga: birinchidan, bu chempionlikka intiluvchi katta klub ekanligini; ikkinchidan, Moskva ishlash va xavfsiz yashash uchun ajoyib joyligini; uchinchidan, ishtiyoq va ambitsiyalar singdirsangiz, ular g’alabalardan zavq ola boshlaydilar va oxir-oqibat, ko’p hollarda ishontirish mumkin», – deya Marca Kagigaoning so’zlarini keltiradi. Hayratlanarli!






