⚽ Futbol24UZ — barcha yangiliklar!
Ajoyib xabar! Madrid «Reali» prezidenti Florentino Peres yozgi transferlar bo’yicha yakunlangan, ammo hali e’lon qilinmagan kelishuvlar haqida aytdi. Uning aytishicha, «Benfika» bosh murabbiyi Joze Mourinyu, «Liverpul» himoyachisi Ibraima Konate va «Inter» himoyachisi Denzel Dumfris qo’shiladi! Bu haqiqiy sensatsiya! «Denzel Dumfrisni imzoladik. U, Konate va Mourinyu bilan kelishuvlar allaqachon rasmiylashtirildi», — deya Peresning so’zlarini Sport.es keltirdi. Avvalroq, madridliklar portugaliyalik murabbiy uchun «Benfika»ga 15 million yevro tovon puli to’lashi ma’lum edi. OAVga ko’ra, Dumfrisning «Inter»dan sotib olish bandi 20 million yevro turadi. Konate esa «Liverpul»ni erkin agent sifatida bepul tark etmoqda.







