⚽ Futbol24UZ — barcha yangiliklar!
Ispaniya terma jamoasining sobiq yarim himoyachisi, «Komo» bosh murabbiyi Sesk Fabregasdan kutilmagan bayonot! U bolalarining ijtimoiy tarmoqlarda ko’p vaqt o’tkazishini aslo xohlamaydi. «Men uyim yaqinidagi ko’chada, devorga yoki do’kon eshigiga to’p tepib futbol o’ynashni o’rganganman. Bu chinakam ishtiyoq edi! Yozda, buvim va bobomnikida kun bo’yi maydonda edim. To’p ovozini eshitsam bas, darhol pastga yugurardim! Ajoyib xotiralar!» «Bolalarim ham shunday erkinlikni his qilishlarini istardim, ammo hozir ularning vaqtini iPad va hamma narsani yutib yuborayotgan ijtimoiy tarmoqlar egallab olgan. Bu haqiqiy muammo!» «Mening o’n uch yashar qizim sinfda telefonsiz yagona! Unga 16 yoki 17 yoshga to’lmaguncha telefon bo’lmaydi – bu minimal xarid yoshi,» – deya Fabregasning so’zlarini «Corriere della Sera» keltirdi. Qoyilmaqom!







