⚽ Futbol24UZ — barcha yangiliklar!
Sensatsiya! “Manchester Siti” hujumchisi Erling Holand Angliya Premer-ligasining 36-turida “Brentford”ga qarshi bahsda (3:0) yana bir gol urdi! Hayratlanarli! Shu tariqa, norvegiyalik forvard APLda ketma-ket so‘nggi to‘rt o‘yinda gol kiritishga muvaffaq bo‘ldi! Holand avvalroq Londonning “Arsenal” (2:1), “Byornli” (1:0) va “Everton” (3:3) darvozalarini ham zabt etgan edi. Bu aql bovar qilmas! Joriy mavsumda “shaharliklar” hujumchisi barcha turnirlarda o‘tkazilgan 49 ta o‘yinda 36 ta gol muallifi bo‘ldi. Fantastic! Angliya chempionatida “Manchester Siti” 74 ochko bilan ikkinchi o‘rinda, “Brentford” esa 51 ochko bilan sakkizinchi o‘rinda bormoqda. Vaziyat nihoyatda qizg’in! Peshqadam esa “Arsenal” (76 ochko). Keyingi turda “shaharliklar” 19-may kuni safarda “Bornmut” bilan, “asalarilar” 17-mayda o‘z maydonida “Kristal Pelas”ni qabul qiladi. Bizni yana qiziqarli uchrashuvlar kutmoqda!







