⚽ Futbol24UZ — barcha yangiliklar!
Ajib xabar! Madridning «Real» jamoasi braziliyalik hujumchisi Endrik ivuarlik Yan Diomandening «RB Leyptsig»dan transferidan so’ng klubni tark etadi! Insaider Ramon Alvares de Monning X ijtimoiy tarmog’ida aytishicha, agentlar Angliya Premer-ligasidan mijoziga klub izlamoqda. Manba ma’lumotiga ko’ra, braziliyalik ijaraga ketadi. «Real» futbolchi bilan vaqtinchalik xayrlashib, uni Angliyaga jo’natishga rozi bo’ldi. OAVga ko’ra, Yan Diomandening «Real»ga transferi 125 million yevro bo’lgan, bonuslar bilan bu «qaymoqranglilar»ga 140 million yevroga tushishi mumkin! Ma’lumot uchun, Endrik o’tgan mavsumning ikkinchi yarmini «Lion»da ijara asosida o’tkazgan edi.







