⚽ Futbol24UZ — barcha yangiliklar!
Madridning «Real» hujumchisi Endrik, hozirda «Lion»da ijara asosida o’ynayotganiga qaramay, «qirollik klubi»ning sobiq yarim himoyachisi Luka Modrich haqida yuksak fikr bildirdi. Hozirda «Milan»da to’p surayotgan Modrich haqida u hayratlanarli so’zlarni aytdi!
«Luka Modrich – «Real Madrid»da meni 100% hammadan ko’proq hayratga solgan futbolchi! Bu inson jamoada ilk yilimda menga juda ko’p narsani o’rgatdi. Bu nafaqat mashg’ulotlarga, balki o’yinlarning o’ziga ham tegishli edi. U haqiqiy futbol mahorat darsini o’tib berdi! Modrich o’shanda allaqachon 40 yoshda edi, lekin juda kuchli va har kuni tinmay mashq qilardi. Agar u o’yinlarda o’ynamasa, klub bazasiga borib, mustaqil ravishda shug’ullanardi. Uning mahorat darajasi shunchaki aqlbovar qilmas! U menga doimiy maslahatlar berardi, maydonda nimalar qilishim kerakligini tushuntirardi – bu juda katta yordam berdi. Modrich – futbol olamida men uchratgan eng yaxshi insonlardan biri,» – deya «The Guardian» Endrikning so’zlarini keltirdi.
Luka Modrich «Real Madrid» safida 2012 yildan 2025 yilgacha (!) to’p surgan. «Qirollik klubi» tarkibida u 597 ta o’yin o’tkazib, 49 ta gol urgan va 95 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Xorvatiyalik futbolchi jamoa bilan birga 27 ta sovrin, jumladan oltita Chempionlar Ligasi (!) g’olibligini qo’lga kiritgan. Shaxsiy yutuqlari borasida Modrich «Oltin to’p»ni, shuningdek, UEFA va FIFA talqiniga ko’ra yilning eng yaxshi futbolchisi mukofotini zabt etgan. Bu haqiqiy sensatsiya!






