⚽ Futbol24UZ — barcha yangiliklar!
«Krasnodar» sardori Eduard Spertyan Rossiya Kubogi «RPL Yo’li» finalida «Dinamo» ustidan 0:0 (penaltilar seriyasida 6:5) hisobidagi hayajonli g’alabani sharhladi! O’yin Krasnodardagi «Ozon Arena»da bo’lib o’tdi, bosh hakam Azovlik Artyom Chistyakov edi.
«Qiziqarli, juda qiyin o’yin bo’ldi! G’alabamizdan nihoyatda xursandmiz! Murabbiy penaltichilarni bir kun oldin tayinlagan, mashg’ulotlarda tepganmiz. Ba’zida mashg’ulotdan keyin ham qolib tepamiz. Lekin bu psixologiyaga bog’liq! Biz g’alaba uchun chiqqandik, uyda o’ynayapmiz! Afsuski, o’yinda gol ura olmadik, ammo o’tkazmadik ham. Penaltilar esa – haqiqiy lotereya!» — deya Spertyanning so’zlarini «Chempionat» muxbiri Spartak Petrosyan yetkazdi.
Bu fantastik natija bilan «Krasnodar» Rossiya Kubogi Superfinaliga chiqdi va u yerda Moskva «Spartak»i bilan to’qnashadi. Bir kun avval qizil-oqlar «Mintaqalar Yo’li» finalida SSKA ustidan 1:0 hisobida g’alaba qozongan edi! Bu chinakam sensatsiya!







