⚽ Futbol24UZ — barcha yangiliklar!
Hayratlanarli! Argentinalik hujumchi Paulo Dybala «Roma» bilan yangi shartnoma imzolab, maoshini sezilarli kamaytirishga rozi bo’ldi. Bu haqda Football Italia xabar bermoqda. 32 yoshli futbolchining Rim klubi bilan yangi shartnomasi 2027-yil 30-iyunigacha mo’ljallangan. Insayder Janluka Di Martsio qo’shimcha qiladi: Dybala bir mavsumda 3 million yevrodan kam oladi, avval u yiliga naqd 8 million yevro topardi! O’tgan mavsumda u «Roma» safida barcha turnirlarda 27 o’yin o’tkazib, uchta gol urdi, sakkizta golli uzatma berdi. Dybala 2022-yil yozidan beri rimliklar sharafini himoya qiladi. Transfermarkt ma’lumotiga ko’ra, argentinalikning bozor narxi 5 million yevroga baholanadi.







