⚽ Futbol24UZ — barcha yangiliklar!
Bu haqiqiy sensatsiya! «Crvena Zvezda» «Hapoel» Beer-Shevaga mag’lub bo’lgach, bosh murabbiy Deyan Stankovichni lavozimidan ozod etdi. Vaziyatdan xabardor manba buni «Chempionat» nashriga ma’lum qildi. Ajabo! Stankovich jamoasi Chempionlar Ligasi uchinchi saralash bosqichi javob o’yinida «Hapoel»ga 0:2 hisobida yutqazdi. Ikki o’yin yakuniga ko’ra, serb jamoasi umumiy 0:3 hisobida imkoniyatni boy berdi. Deyan Stankovich «Crvena Zvezda» bosh murabbiyi lavozimiga 2025-yil dekabrida tayinlangan edi. Uning boshqaruvida klub barcha turnirlarda 32 o’yin o’tkazib, 24 g’alaba, uch durang va besh mag’lubiyat qayd etdi. Bungacha bu 47 yoshli mutaxassis 2024-2025 yillarda Moskva «Spartak»ini boshqargan.






