⚽ Futbol24UZ — barcha yangiliklar!
Bu haqiqiy sensatsiya! «Chicago Fire» futbol klubi polshalik hujumchi Robert Levandovskini jamoasiga ko’ndirish uchun g’ayrioddiy choralar ko’ribdi. Bu haqda Mundo Deportivo nashri xabar bermoqda.
Manba ma’lumotiga ko’ra, MLS klubi polshalik futbolchi bilan chet elda bir qator uchrashuvlar o’tkazib, unga shahar bo’ylab ekskursiyalar uyushtirgan. «Qizillar» Levandovskiga biznes manfaatlari uchun bozor tahlilini ham taqdim etgan.
Levandovski 2022-yilning yozidan «Barselona» safida to’p suradi. Hujumchi o’tgan mavsumda 46 ta o’yinda ishtirok etib, 19 ta gol va 4 ta golli uzatma bilan ajralib turgan! Uning kataloniyaliklar bilan shartnomasi 2026-yil 30-iyunigacha edi.
Hozirda «Chicago Fire» MLS Sharqiy konferensiyasida uchinchi o’rinni egallab turibdi.







