⚽ Futbol24UZ — barcha yangiliklar!
Ajoyib yangilik! Rossiyalik mutaxassis Dmitriy Chereyshev 2026-yilgi Jahon Chempionati startida favoritlarning kutilmagan ochko yo’qotishlariga shunday izoh berdi:
«Favoritlarning og’ir starti barcha Jahon Chempionatlarida kuzatiladi. Ko’plab jamoalar boshida shunday o’ynaydi. Bu xuddi motor ishga tushishi kabi! Dastlab «gurillab» ishga tushadi, keyin uni to’xtatib bo’lmaydi! Ko’plab terma jamoalar ilk o’yinlarda chempionatga «kirishadi», keyin ularni to’xtatish juda qiyin. Bu barcha jamoalarda bo’lgan. Italiya chempion bo’lganida ham guruhdan qiyinchilik bilan chiqqan! Birinchi o’yinlar doim tartibsiz kechadi. Ko’plab jamoalar o’zini ko’rsatishni istaydi, shuning uchun ilk bahslar har doim murakkabdir!» — dedi Chereyshev «Chempionat» muxbiri Yegor Kabak bilan suhbatda.







