⚽ Futbol24UZ — barcha yangiliklar!
Bu haqiqiy sensatsiya! «Chelyabinsk» futbol klubi «Pari» ligasining 6-turida Moskva «Torpedosi»ga qarshi (0:4) o’yin natijasiga norozilik bildirganini tasdiqladi. Klub «Torpedoga» qarshi o’yin natijasiga futbolchi Jonatan Okoronkvo o’yinda ishtirok etishga haqli bo’lmagani sababli norozilik bildirdi. Uning Rossiya Federatsiyasida yuqori malakali mutaxassis sifatida ishlash uchun ish vizasi va ish ruxsatnomasi yo’q. Hozirda bu futbolchi RFda turistik viza bilan bo’lib, RF qonunlariga ko’ra mehnat faoliyatini amalga oshirishga haqli emas», — deya xabar berdi «Chelyabinsk» matbuot xizmati «Chempionat» muxbiri Vladimir Chetverikga.







