⚽ Futbol24UZ — barcha yangiliklar!
Angliya Premer-ligasining 35-turida «Chelsi» «Nottingem Forest»ga 1:3 hisobida mag’lub bo’ldi! Bu «ko’klar» uchun chempionatdagi ketma-ket oltinchi mag’lubiyatdir! Bu haqiqiy sensatsiya!
«Chelsi»ning bu afsusli seriyasi 30-turda «Nyukasl Yunayted»ga (0:1) qarshi o’yin bilan boshlangan edi. Londonliklar shundan so’ng «Everton» (0:3), «Manchester Siti» (0:3), «Manchester Yunayted» (0:1), «Brayton end Houv Albion» (0:3) hamda «o’rmonchilar»ga imkoniyatni boy berdi!
Joriy Premer-liganing so’nggi o’yinlarida «ko’klar» 9-may kuni safarda «Liverpul» bilan, 19-mayda «Tottenxem Hotspur»ni qabul qiladi, 24-mayda esa yana safarda «Sanderlend» bilan kuch sinashadi.
Hozirda «Chelsi» 48 ochko bilan APL turnir jadvalining to’qqizinchi o’rnida joylashgan. Bu natija shunchaki dahshatli!






