⚽ Futbol24UZ — barcha yangiliklar!
«Inter» sport direktori Pyero Ausilio «Fenerbahche»ning yarim himoyachi Hakan Chalhanoʻgʻluga qiziqishi haqidagi mish-mishlarga izoh berdi. Vau! Ausilio shunday dedi: «Biz Chalhanoʻgʻluni jamoada saqlab qolishni istaymiz, uning amaldagi shartnomasi bor va men «Fenerbahche» bilan bogʻliq bu mish-mishlar kelajakda biror natijaga olib kelishiga ishonmayman!» Bu soʻzlarni jurnalist va insayder Fabritsio Romano X ijtimoiy tarmogʻida keltirdi. Oʻtgan klub mavsumida Chalhanoʻgʻlu 30 ta oʻyinda 12 ta gol urdi va yettita golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt sayti maʼlumotlariga koʻra, futbolchining joriy bozor qiymati 16 million yevroni tashkil etadi. Oʻtgan mavsum yakunida «Inter» Italiya chempioni boʻldi.







