Bugun, 26-aprel kuni Germaniya Bundesligasi 2025/2026-yilgi mavsum 31-turida Dortmundning “Borussiya”si “Frayburg” bilan kuch sinashadi. Bu ajoyib bahs «Dortmund» stadionida bo’lib o’tadi. Uchrashuvga Robin Braun bosh hakamlik qiladi. Hakamning boshlang‘ich hushtagi Toshkent vaqti bilan 21:30 da yangraydi. O’yinni Okko telekanali jonli efirda namoyish etadi! O’tgan turda «Borussiya» «Hoffenxaym»ga 1:2 hisobida yutqazgan bo’lsa, «Frayburg» «Haydenxaym»ni 2:1 hisobida mag’lub etib, muxlislarini quvontirgan edi. Keyingi turda Niko Kovach jamoasi 3-may kuni «Borussiya» Myonxengladbah bilan, Yulian Shuster shogirdlari esa «Volfsburg» bilan bahs olib boradi.
⚽ Futbol24UZ — barcha yangiliklar!






