⚽ Futbol24UZ — barcha yangiliklar!
«Tottenhem»ning 33 yoshli himoyachisi Ben Devis klub bilan shartnomasini 2027 yil yozigacha yana bir yilga uzaytirdi. Bu haqda «shporlar» matbuot xizmati jamoaning rasmiy saytida xabar berdi. Qanday ajoyib yangilik! London klubi matbuot xizmati Devisni «kiyim almashtirish xonasida nufuzli, yetakchi va ko’p marotaba sardor sifatida maydonga chiqqan o’yinchi» deb ta’rifladi. U har bir harakatida «Tottenhem» qadriyatlarini namoyish etishda davom etmoqda. Ben Devis esa: «Men butun qalbim bilan ushbu klubga sodiqman va unga bor kuchimni beraman!» deya sadoqatini bildirdi. Eslatib o’tamiz, u 2014 yildan beri «Tottenhem»da to’p surib, 12 yil ichida 363 ta o’yin o’tkazdi, 10 ta gol urdi va 26 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Bu fantastik ko’rsatkich!







