Myunxenning «Bayern» jamoasi so’nggi 14 mavsumdan 13 tasida Germaniya chempioni bo’lgani – bu ajoyib hukmronlik! Chempionlikni «Bayern»dan tashqari, faqatgina Leverkuzenning «Bayer»i qo’lga kiritgan.
«Shtutgart»ga qarshi 30-tur (4:2) o’yinidan so’ng, «Bayern» 79 ochko bilan Bundesligada peshqadam! Qolgan o’yinlar: «Maynts» (25-aprel), «Haydenhaym» (2-may), «Volfsburg» (9-may), «Kyoln» (16-may). Ular 25 g’alaba, to’rtta durang va bor-yo’g’i bitta mag’lubiyat qayd etishgan. Bu hayratlanarli!
Ikkinchi o’rinda 64 ochko bilan Dortmundning «Borussiya», uchinchi o’rinda esa 59 ochko bilan «RB Leyptsig» joylashgan.
⚽ Futbol24UZ — barcha yangiliklar!






