⚽ Futbol24UZ — barcha yangiliklar!
Myunxenning «Bavariya» triosi – Harri Keyn (54 gol), Maykl Olise (26 gol) va Luis Dias (20 gol) joriy mavsumda Germaniya klubi uchun barcha turnirlarda jami 100 ta gol urdi! Bu qoyilmaqom natija!
Yevropaning top-5 ligalarida bir mavsumda 100 gol marrasini zabt etgan oxirgi trio «Barselona»ning yulduzli futbolchilari Lionel Messi, Neymar va Luis Suares edi: 2015/2016-yilgi mavsumda — 131 gol (rekord); 2016/2017-yilgi mavsumda esa — 111 gol.
Endi, diqqat! 28-aprel kuni «Bavariya» UEFA Chempionlar Ligasi yarim finalida «Pari Sen-Jermen» bilan to’qnash keldi. Dramatik o’yin parijliklarning 5:4 hisobidagi g’alabasi bilan yakunlandi. Ammo, «Bavariya» safida Keyn, Olise va Diasning har biri bittadan gol urdi. Ularning gollari ham unutilmas!







