Ajoyib sensatsiya! «Bavariya» Chempionlar Ligasi chorak finalida «Real»ni mag’lub etganidan so‘ng, so‘nggi besh yillik UEFA klublari reytingida Madridning «Real»idan o‘zib ketdi! Nemis grandi endi 146,5 ochko bilan ushbu reytingda peshqadam. «Qirollik klubi» esa 144,5 ochko bilan ikkinchi o‘rinni egalladi. Kuchli uchlikni «Liverpul» 130 ochko bilan yakunladi. Ikki o‘yin natijasiga ko‘ra «Bavariya» «Real»ni umumiy 6:4 hisobida mag‘lub etdi – qanday o‘yin! Yarim finalda Myunxen klubi UEFA reytingida beshinchi o‘rinda turgan (126,5 ochko) «PSJ» bilan to‘qnashadi. Birinchi o‘yin 28-aprel kuni Parijda, javob bahsi esa 6-mayda Myunxenda bo‘lib o‘tadi. «PSJ» amaldagi Chempionlar Ligasi g‘olibi ekanligi – bu haqiqiy intriga!
⚽ Futbol24UZ — barcha yangiliklar!






