Ajoyib g’alaba! «Bavariya» hujumchisi Harri Keyn Germaniya Bundesligasining 31-turida «Maynts» ustidan (4:3) qozonilgan o’yindagi hissiyotlari bilan o’rtoqlashdi. Birinchi bo‘lim og‘ir o‘tdi. Biz odatdagi o‘yinimizni namoyish eta olmadik, qarshi hujumlarni yetarlicha nazorat qila olmadik, himoyamiz xatolarga yo‘l qo‘ydi! To‘p bilan biroz e’tiborsiz edik. «Maynts»ga esa tahsinlar ayting: ular bizni ko’plab kamchiliklarimiz uchun jazoladi! Tanaffusda shiddatliroq o‘ynash haqida gaplashdik. Va menimcha, buni ikkinchi bo‘limning ilk daqiqasidanoq ko‘rdingiz! Albatta, bor kuchimizni berishimiz kerak edi, biz buni ajoyib gollar bilan isbotladik. Jamoaga rahmat: biz 0:3 hisobidan aqlbovar qilmas tarzda qaytdik va chinakam xarakterimizni ko‘rsatdik! — Keynning bu hayajonli so‘zlarini Myunxen klubining rasmiy sayti keltirmoqda.
⚽ Futbol24UZ — barcha yangiliklar!







