Ajablanarli! «Bavariya» Bundesliganing 31-turida «Maynts»ga qarshi kechgan mehmondagi bahsda ajoyib 4:3 hisobida irodali g’alabani qo’lga kiritdi! Myunxenliklar birinchi bo’limni 0:3 hisobida yutqazib tanaffusga chiqishgan bo’lsa-da, ikkinchi bo’limda uchrashuv borishini to’liq o’zgartirib, g’alabani sug’urib olishga muvaffaq bo’lishdi! Bu haqiqiy sensatsiya!
«Bayern & Germany» nashri xabariga ko’ra, bu o’yin jamoa uchun chinakam tarixiy ahamiyatga ega bo’ldi: «Bavariya» Bundesliganing butun tarixida bir mavsumda mehmondagi o’yinlarda 50 ta gol marrasiga erishgan birinchi jamoa bo’ldi! Hozirda Vinsent Kompani boshchiligidagi jamoa hisobida bunday 53 ta gol mavjud, oldinda esa ularni «Volfsburg»ga qarshi yana bir mehmondagi bahs kutib turibdi!
Eslatib o’tamiz, myunxenlik klub joriy mavsumda chempionlikni muddatidan avval rasmiylashtirgan edi.
⚽ Futbol24UZ — barcha yangiliklar!







