⚽ Futbol24UZ — barcha yangiliklar!
Ajoyib! Futbol agenti Timur Gurtskaya Moskva «Lokomotiv»i yarim himoyachisining PSJga transveri tez orada amalga oshishini e’lon qildi! Parijliklar Rossiya terma jamoasi futbolchisiga avvaldan qiziqish bildirishgan edi. Gurtskaya «Bu futbol, birodar!» YouTube kanalida shunday dedi: «Rostini aytsam, qo’rqaman! Hozir hech narsa demayman, e’lon qilmayman. Vaqti keladi, aytaman. Lekin, qora vodorolazkada uzr yozishimga to’g’ri kelishidan cho’chiyapman, chunki bu transfer juda yaqin. Batrakovning PSJga o’tishi har qachongidan ham yaqin!» «Lokomotiv»dagi yakunlangan mavsumda Batrakov 36 o’yinda Mir Rossiya Premer-ligasi va Fonbet Kubogida 17 gol hamda 12 golli uzatmani amalga oshirdi.







