⚽ Futbol24UZ — barcha yangiliklar!
Sensatsiya! 2026/2027-yilgi mavsumga tayyorgarlik doirasidagi «Barselona» va «Nottingem Forest» o’rtasidagi o’rtoqlik bahsi yakunlandi. Uchrashuv qisqa formatda, 45 daqiqa davom etdi. O’yin Italiyaning Udine shahridagi «Bluenerj» stadionida kechdi. «Barselona» futbolchilari 1:0 hisobida ajoyib g’alaba qozonishdi! Yagona golni ko’k-anorranglilar hujumchisi Rafinya 45+2-daqiqada penaltidan aniq urdi. O’tgan mavsum «Barselona» 94 ochko bilan Ispaniya chempionligini yutib, «Real»dan sakkiz ochko o’zib ketgandi. «Nottingem Forest» Angliya chempionatida 44 ochko to’plab, 16-o’rinda joylashgan edi.







