⚽ Futbol24UZ — barcha yangiliklar!
Sensatsiya! «El Nacional» xabariga ko’ra, Italiyaning «Milan» klubi «Barselona»ga hujumchi Kristofer Nkunku nomzodini taklif etdi. Yangi hujumchi izlayotgan kataloniyaliklar bu variantni jiddiy ko’rib chiqmoqda! Sport direktori Dekuning so’zlariga ko’ra, Nkunku transfer oynasi yakunida «Barselona» uchun arzon va samarali yechim bo’lishi mumkin. «Milan» 28 yoshli bu futbolchi bilan xayrlashishga tayyor. U o’tgan mavsumda sakkizta gol urib, uchta assist qayd etgan. Kristofer Nkunku 2025 yil avgust oxirida «Chelsi»dan «Milanga» ko’chib o’tgan. Uning klub bilan shartnomasi 2030 yil iyunigacha amal qiladi. «Transfermarkt» ma’lumotlariga ko’ra, hujumchining qiymati 25 million yevroga baholanmoqda. Bu haqiqiy imkoniyat!







