⚽ Futbol24UZ — barcha yangiliklar!
Ajoyib xabar! Jurnalist va insayder Fabritsio Romano o’zining X ijtimoiy tarmog’ida Londonning «Arsenal» klubi bosh murabbiy Mikel Artetaga yangi shartnoma taklif qilish niyatida ekanligini ma’lum qildi! Manba ma’lumotiga ko’ra, Arteta bo’yicha prinsipial qaror qishdayoq qabul qilingan edi. «Kanonirlar» rahbariyati 44 yoshli ispaniyalik mutaxassisni jamoaning uzoq muddatli rivojlanish loyihasi rahbari sifatida ko’rmoqda. Artetaning o’zi ham Angliyada uzoq muddat qolishga tayyorligi ta’kidlanmoqda!
Shartnoma tafsilotlari UEFA Chempionlar Ligasi finalidan so’ng yozgacha muhokama qilinishi rejalashtirilgan, biroq tomonlar shoshilmayapti. Artetaning amaldagi shartnomasi 2027-yil yozigacha tuzilgan.
Arteta «Arsenal»ni 2019-yildan beri boshqarib kelmoqda. Joriy mavsumda uning jamoasi APL chempionligini bir tur qolganda rasmiylashtirdi, shuningdek, 30-maydagi asosiy Yevrokubok finaliga chiqdi! Bu sensatsiya! Raqib – «PSJ».
Avvalroq Arteta qo’l ostida «Arsenal» 2019/2020-yilgi Angliya Kubogini yutgan, ikki bor Superkubok sohibi bo’lgan (2020/2021, 2023/2024).







