⚽ Futbol24UZ — barcha yangiliklar!
Ajablanarli! «Liverpul»ning sobiq bosh murabbiyi Arne Slot «Fulham» taklifini rad etdi! Bu haqda talkSPORT xabar bermoqda. London klubi «Benfika»ga ketishi kutilayotgan Marku Silvaga yangi murabbiy izlamoqda. O’tgan APL mavsumida «Fulham» 52 ochko bilan 11-o’rinni egalladi. Slot mersisaydliklarni 2024-yil yozidan boshqardi. Uning qo’l ostida «Liverpul» 2024/2025-yilgi mavsumda Angliya chempioni bo’ldi! O’tgan mavsumda «qizillar» 60 ochko bilan turnir jadvalida beshinchi o’rinni band etdi. «Liverpul»ga kelishidan avval Slot «Feyenoord»ni boshqargan.







