⚽ Futbol24UZ — barcha yangiliklar!
Ajoyib! Tarmoqda Argentina milliy terma jamoasini JCH-2026dan chetlatishni talab qiluvchi petitsiya paydo bo’ldi! Sayt ijodkorlari hozirga qadar petitsiyani 3 milliondan ortiq kishi imzolaganini da’vo qilmoqda! Bu haqiqiy sensatsiya! «FIFA va hakamlar Lionel Messi hamda Argentina terma jamoasiga nisbatan xolis emasligi ayon! G’olib allaqachon aniqlangan bo’lsa, qolganlar nima uchun ishtirok etishi kerak? Argentina Jahon chempionatidan chetlatilsin va qolganlarga adolatli imkoniyat berilsin!» — deya yozilgan saytda. Eslatib o’tamiz, chorak finalda Argentina terma jamoasi Shveysariyani 3:1 hisobida mag’lub etgan edi. Turnir yarim finalida esa jamoa Angliya milliy terma jamoasi bilan to’qnashadi. 2026-yilgi Jahon chempionati AQSH, Kanada va Meksika hududlarida 11-iyundan 19-iyulgacha bo’lib o’tadi.







