Madriydning «Real» klubi yarimhimoyachisi Arda Gyuler Chempionlar Ligasida «qirollik klubi»ning eng tezkor goliga muallif bo‘ldi! Bu haqiqiy sensatsiya! Bu ajoyib voqea «Bavariya»ga qarshi chorak final javob bahsida ro‘y berdi. Hozirda o‘yin hisobi Madriyd foydasiga 3:2. Gyuler uchrashuvning atigi 35-soniyasida darvozabon Manuel Noyerning kutilmagan xatosidan so‘ng gol urdi. U, 2016-yil noyabrida «Legiya» darvozasiga 57-soniyada gol urgan Garet Beylning rekordini yangiladi. Birinchi o‘yinda «Bavariya» «Real»ni 2:1 hisobida mag‘lub etgan edi. 1/8 finalda «Real» «Manchester Siti»ni umumiy 5:1 hisobida, «Bavariya» esa «Atalanta»ni dahshatli 10:2 hisobida tor-mor keltirgan!
⚽ Futbol24UZ — barcha yangiliklar!






