Qanday ajoyib lahza! Madridning «Real» bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa Ispaniya La Ligasining 33-turidagi «Alaves»ga qarshi g’alaba (2:1) bahsida Jud Bellingemning almashtirilishi va angliyalikning noroziligiga hayratlanarli izoh berdi.
«Bellingem almashtirilganidan norozimi? Bu menga yoqadi! Jud har doim maydonda qolib, kurashishni va jamoasiga yordam berishni istaydi. U biz uchun nihoyatda muhim! Yaqinda Myunxenda uzoq jarohatdan so’ng ilk bor 90 daqiqa o’ynadi. Juma kuni esa muhim o’yinimiz bor. Militao voqeasidan keyin xavfni aslo istamadim, chunki u juma kunigacha bizga butun quvvati bilan kerak, tushundingizmi!»
«Bellingemda doimo shunday ruh, shunday ambitsiya borki, hatto bu o’yinda ham maydonda qolib, yordam berishni istagan. Bu menga yoqadi, ammo bunga ortiqcha ahamiyat berish shart emas. Chunki biz uni juma kuni yana maydonda ko’ramiz, bu aniq!», — deya murabbiyning so’zlarini Madrid klubining rasmiy sayti keltirdi.
Aytgancha, Ispaniya chempionatining 32 ta o’yinidan so’ng, Madridning «Real» klubi 73 ochko to’plab, jadvalda ikkinchi o’rinni egallab turibdi.
⚽ Futbol24UZ — barcha yangiliklar!







