⚽ Futbol24UZ — barcha yangiliklar!
«Real Madrid» bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa «Barselona»ga «El-Klasiko»da chempionlik koridori haqida berilgan savolga javob qaytardi! Bu koridor «Barselona» 34-turda La Ligani yutsa berilardi! Qiziqarli holat!
«Bu mening eng katta motivatsiyam emas. Asosiy motivatsiyam – uch ochko olish! «Espanyol»ni mag’lub etishdan boshqa yo’l ko’rmayapman. Mana mening eng muhim motivatsiyam!» – Arbeloaning bu so’zlari Sport.es nashriga tegishli.
La Liganing 33 turidan so’ng «Barselona» 85 ochko bilan, eng yaqin ta’qibchisi «Real»dan 11 ochko oldinda bormoqda. Musobaqa yakuniga besh tur qoldi. Bu haqiqiy sensatsiya, «Barselona» – Ispaniyaning amaldagi chempioni!







