⚽ Futbol24UZ — barcha yangiliklar!
AQSh va Senegal terma jamoalari o’rtasidagi o’rtoqlik uchrashuvi nihoyasiga yetdi. O’yin AQShning Sharlotta shahridagi «Bank of America» stadionida bo’lib o’tdi. Uchrashuvga bosh hakam sifatida Nik Uolsh hakamlik qildi. Maydon egalari 3:2 hisobida g’alaba qozondi – bu haqiqiy sensatsiya!
O’yinning yettinchi daqiqasida maydon egalari himoyachisi Serjinyo Dest hisobni ochdi. Yigirmanchi daqiqada hujumchi Kristian Pulishich AQShning ikkinchi golini urdi. Birinchi bo’lim yakunida, 44-daqiqada Senegal forvardi Sadio Mane bitta gol urib, farqni qisqartirdi. Ikkinchi bo’limda, 55-daqiqada Mane dubl qayd etib, hisobni tenglashtirdi. 63-daqiqada esa Folarin Balogun AQShni yana oldinga olib chiqdi.
Tez orada AQSh va Senegal 2026-yilgi Jahon chempionatida ishtirok etishadi. Amerika terma jamoasi D guruhida Paragvay, Argentina va Turkiya bilan kuch sinashadi. Afrika milliy jamoasi esa I guruhida Fransiya, Norvegiya va Iroq bilan to’qnash keladi.







