⚽ Futbol24UZ — barcha yangiliklar!
Shok! JCh-2026 1/16 finalida Angliya terma jamoasi DR Kongo bilan bahsda raqib darvozasiga ilk zarbani faqat 30-daqiqada yo’lladi! Opta ma’lumotlariga ko’ra, bu 1966-yildan beri statistika yig’ilganidan buyon, milliy jamoaning jahon chempionati o’yinidagi eng kech birinchi zarbasidir! Xabar yozilayotgan paytda hisob 1:0 DR Kongo foydasiga! Ajablanarli! Birinchi bo’lim yakunlariga ko’ra, afrikaliklar hisobda oldinda. Yettinchi daqiqada yarim himoyachi Brayan Sipenga DR Kongo terma jamoasini oldinga olib chiqqan edi. Angliya terma jamoasi L guruhida yetti ochko bilan birinchi bo’lgan. DR Kongo esa K guruhida to’rt ochko bilan uchinchi o’rinda pley-offga chiqqan. Jahon chempionati – 2026 AQSh, Meksika va Kanadada bo’lib o’tmoqda. Turnir 11-iyunda boshlanib, 19-iyulda yakunlanadi. Amaldagi jahon chempioni – Argentina terma jamoasi. Kim g’olib bo’lar ekan?!







