«Zenit» va Rossiya terma jamoasi sobiq futbolchisi Andrey Arshavin RPLda mavsum yakuniga qadar yetakchi almashishi haqida hayratlanarli fikr bildirdi!
«Menga shunday tuyulyaptiki, bu masofada lider o’zgaradi. «Krasnodar» keyin birinchi o’ringa qaytadimi yoki yo’q, ayta olmayman», — dedi Arshavin «Match TV» efirida.
Hozirda «Krasnodar» Rossiya chempionati turnir jadvalida yakkahokimlik qilib, 53 ochko to’plagan. Jamoa eng yaqin ta’qibchisi «Zenit»dan atigi bir ochko oldinda.
RPLning 25-turida «Krasnodar» uyida «Baltika» bilan, «Zenit» esa Maxachqalada «Dinamo» mehmoni bo’ladi. Ikkala uchrashuv ham 19-aprel kuni bo’lib o’tadi. Bu ajoyib sensatsiya!
⚽ Futbol24UZ — barcha yangiliklar!






