⚽ Futbol24UZ — barcha yangiliklar!
Ajoyib! «Liverpul»ning yangi bosh murabbiyi Andoni Irola ushbu lavozimga tayinlanishidan so’ng o’z hayajonlarini bo’lishdi. U shunday deydi: «Men juda, juda hayajondaman! Chunki, hammaga ayon, «Liverpul» – buyuk, ulkan klub, dunyoning eng yiriklaridan biri! Men uni doim o’zgacha, alohida klub deb hisoblaganman. «Liverpul» o’ziga jalb etishi uchun ortiqcha narsa shart emas. «Liverpul» – bu «Liverpul»ning o’zi-da! Ammo, albatta, muhit, muxlislar, klub, futbolchilar, oliy darajadagi o’yinchilarni boshqarish, sovrinlar uchun jang qilish imkoniyati! O’ylashimcha, bundan-da jozibadorroq narsa bo’lishi mumkin emas. Bunga o’xshashini topish murakkab, shuning uchun boshlashga juda sabrsizlanyapman!» – deya Irolaning so’zlarini klub rasmiy sayti ma’lum qildi.






