⚽ Futbol24UZ — barcha yangiliklar!
Hayratlanarli! «Barselona» ayollar jamoasi sardori va yulduz futbolchisi Alexia Putellas yozda kataloniyalik klubni tark etadi. Bu haqiqiy sensatsiya! Xabar «ko’k-anorranglilar»ning rasmiy saytida e’lon qilindi!
Alexia Putellas 2012 yildan beri «Barselona» sharafini himoya qilgan. U jamoa bilan 10 marta Ispaniya chempioni, 4 marta Chempionlar Ligasi, 10 marta Qirolicha Kubogi, 4 marta Superkubokni yutgan. Eng muhimi, ikki bor «Oltin to’p» egasi bo’lgan! Ajoyib!
Shuningdek, 2013 yildan beri Ispaniya terma jamoasi sharafini himoya qilgan Putellas, 2023 yilda Jahon chempioni bo’ldi. Ikki marta UEFA Millatlar Ligasi va Yevropa chempionati – 2025 kumush medallarini ham yutgan. Bu qanday fantastika!






