⚽ Futbol24UZ — barcha yangiliklar!
Vau! Bu haqiqiy sensatsiya! Rossiya terma jamoasi va «Atlanta Yunayted» yarim himoyachisi Aleksey Miranchuk akasi Anton bilan birga Moskva «Lokomotiv»ida faoliyatini yakunlashni istashini ma’lum qildi!
— Kelajakda Anton bilan o’ynaydigan jamoa qanday bo’lishi kerak? — Albatta, Rossiyaga qaytishim ehtimoli yuqori. Lekin ideal senariyda, «Lokomotiv»ga qaytishni juda xohlardim! Bu mening uyim-ku! Men u yerda shuncha vaqt o’tkazdim, Anton ham «Lokomotiv»da shuncha vaqtini o’tkazdi. Qo’rqmay aytamanki, faoliyatimni aynan «Lokomotiv»da yakunlashni istayman. Garchi biz turli jamoalarda bir-birimizga qarshi o’ynashimizni ham inkor etmasam-da, bu ham qiziq bo’lishi mumkin, ammo baribir, faoliyatimning qolgan qismini akam bilan birga o’tkazishni juda xohlayman! Bu qayerda sodir bo’lishini bilmayman, chunki ko’plab omillarga bog’liq. Xudo qayerga yo’llasa, shunday bo’ladi!
— Ikki yil avval, «Atlanta»ga ketayotganingizda, Rossiyani ko’rib chiqmaganmidingiz? — O’sha paytda Rossiya varianti yo’q edi. Men Italiyada o’ynashni davom ettirishni istagandim. Keyingi yil Chempionlar Ligasiga chiqqanimiz sababli, u yerda qolishni o’ylagandim. Taklif paydo bo’ldi, uni ko’rib chiqib, o’zgarish qilish mumkin deb qaror qildim va bu qadamni tashladim, — dedi Miranchuk Nobel YouTube-kanaliga bergan intervyusida.






