Sankt-Peterburgning «Zenit» klubi sobiq futbolchisi Aleksandr Kerjakov jamoa eng qudratli bo’lgan davrni ta’kidladi! «Men uchun 2010 va 2011 yillardagi «Zenit» – bu men o’ynagan eng kuchli «Zenit»! His-tuyg’ularimga, salohiyatiga, umuman natijalariga ko’ra u hayratlanarli edi!» — dedi Kerjakov «Zenit» abadiy» serialida. 43 yoshli Aleksandr Kerjakov «Zenit»da 2001-yildan 2006-yilgacha va 2010-yildan 2017-yilgacha o’ynagan. U klub bilan Rossiyaning uch karra chempioni (2010, 2011/2012, 2014/2015), Rossiya kubogi (2009/2010) va mamlakat Superkubogi (2016) sohibi bo’ldi! «Zenit»dagi davrlar oralig’ida Kerjakov Ispaniyaning «Sevilya» va Moskvaning «Dinamo» jamoalarida o’ynadi.
⚽ Futbol24UZ — barcha yangiliklar!







