⚽ Futbol24UZ — barcha yangiliklar!
Rossiyalik Aleksandr Grigoryan, 2026-yilgi jahon chempionatining B guruhida kimlarni favorit deb bilishini Kanada va Bosniya (1:1) o‘rtasidagi ilk o‘yindan so‘ng ma’lum qildi! «Shveysariya — shubhasiz favorit! Ikkinchi o‘ringa Kanada yaqin. Ammo Bosniya Italiya bilan pley-offdagi kabi sensatsiya berishi mumkin!», — dedi Grigoryan «Match TV»da. Eslatib o‘tamiz, 2026-yilgi JCh 11-iyundan 19-iyulgacha AQSh, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tadi. Amaldagi jahon chempioni — Argentina terma jamoasi! 2022-yilgi jahon chempionati finalida Argentina terma jamoasi Fransiyaga qarshi fantastik o‘yin ko‘rsatgan edi. Asosiy vaqt 3:3 hisobi bilan yakunlangach, penaltilar seriyasida arxentinliklar 4:2 hisobida g‘alaba qozonishdi. Bu haqiqiy drama!







