⚽ Futbol24UZ — barcha yangiliklar!
Ajoyib Osiyo Chempionlar Ligasi 2 ning 2025/2026-yilgi mavsum finali yakunlandi! Unda Saudiya Arabistonining «Al-Nassr»i Yaponiyaning «Gamba Osaka»si bilan to‘qnashdi. Jamoalar Ar-Riyod (Saudiya Arabistoni)dagi «Kingdom Arena» stadionida maydonga tushishdi. Hayratlanarli natija! G’alabani 1:0 hisobida Yaponiya jamoasi qo‘lga kiritdi! O’yindagi yagona gol muallifi Denis Hummet bo’ldi. «Gamba Osaka»ning turk hujumchisi birinchi bo’limning 30-daqiqasida gol urdi. Afsuski, «Al-Nassr» hujumchisi Krishtianu Ronaldu butun o’yinni o’tkazib, samarali harakatlar qila olmadi. Yarim finalda «Al-Nassr» Qatarning «Al-Ahli»sini 5:1 hisobida yutgandi. «Gamba Osaka» esa Tailandning «Bangkok Yunayted»ini 3:0 hisobida mag’lub etgandi.







