⚽ Futbol24UZ — barcha yangiliklar!
Ajoyib sensatsiya! «Lokomotiv» va SSKAning sobiq murabbiyi Marko Nikolich boshqaruvidagi AEK Gretsiya chempionligini qo’lga kiritdi! Chempionlar pley-offining 4-turida AEK «Panatinaikos»ni 2:1 hisobida mag’lub etdi. Nikolich jamoasi 0:1 hisobida ortda qolayotgan bo’lsada, 73-daqiqada hujumchi Zinining goli bilan hisobni tenglashtirdi. G’alaba golini esa 90+4-daqiqada «Lokomotiv» sobiq futbolchisi Joau Mariu urdi.
30 o’yindan so’ng, AEK 70 ochko bilan turnir jadvalida peshqadam, PAOK va «Olimpiakos»dan sakkiz ochko oldinda. Chempionat tugashiga ikki tur qoldi. Nikolich Afinadagi klubda ilk mavsumidayoq AEKni Gretsiya chempionatining oltin medallariga olib keldi. Bu ajabtovur yutuq! Mutaxassis jamoani 2025-yilda qabul qilgan edi. Avvalroq murabbiy Rossiyaning «Lokomotiv» (2020-2021) va SSKA (2024-2025) klublarida faoliyat yuritgan.







