⚽ Futbol24UZ — barcha yangiliklar!
Sensatsiya! Oʻzbekiston terma jamoasi yarim himoyachisi Abbosbek Fayzullayevning ilk murabbiyi Dmitriy An, uning 2026-yilgi Jahon chempionati guruh bosqichining Kolumbiyaga qarshi oʻyinidagi goliga munosabat bildirdi. Oʻyin kolumbiyaliklar foydasiga 1:3 hisobida yakunlangan boʻlsa-da, Abbosning bu goli ajoyib edi!
Dmitriy Anning hayajonli soʻzlari: «Abbos tariх yaratdi! Uning oʻzi Oʻzbekiston terma jamoasining jahon chempionatlaridagi ilk gollar hisobini ochgani juda yoqimli! U tariхga kirdi, oʻz hissasini qoʻshdi. Unda doim sezgi baland edi. Hatto saralash oʻyinlarida ham, boʻyiga qaramay, bosh bilan muhim gollarni urardi. Bu shunday boʻlganidan mamnunman! U uchun xursandman!» – deya An «Chempionat» muxbiri Yegor Kabakka bildirdi.







